Xarri Keyn Angliya terma jamoasi tarixiga kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 363

Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn Evro-2020 saralash bosqichida haqiqiy hujumchilarga xos harakat qildi.
U saralash bosqichi doirasida o'tkazilgan 8ta o'yinning barchasida eng kamida bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bunday holat Angliya terma jamoasi tarixida ilk marta qayd etildi.
Keyn ushbu guruh bosqichida 12ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi. Xarri bu galgi saralash bosqichining eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. Zaxirasida bitta o'yini bor Isroil terma jamoasi forvardi Eran Zaxaviy hisobida 11ta gol bor va u angliyalik futbolchining natijasini yangilashi mumkin.
Eslatib o'tamiz, 26 yoshli Keyn Angliya terma jamoasi safida jami 45ta o'yinda maydonga tushib, 32ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
508