Ronaldu: «Lyuksemburgdagi maydon ko'proq kartoshka dalasiga o'xshaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 408

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Lyuksemburgga qarshi bo'lib o'tgan Jozi Bartel stadioni chimini tanqid qildi.
«Biz Evropa chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdik. Bu muhim. Terma jamoa sharafini himoya chilish — men uchun katta sharaf, ayniqsa, men gol urganimda!
G'alaba qozonganimizdan xursandman. Bu men uchun beshinchi Evro bo'ladi, bundan juda xursandman.
Bunday maydonda o'ynash qiyin. Bu ko'proq kartoshka ekilgan dalaga o'xshaydi. Bunday maydonda qanday qilib o'ynash mumkin, bilmadim. Juda yomon. Shunga qaramay, biz o'z ishimizni bajardik va maqsadimizga erishdik», – dedi Ronaldu.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
162