Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida 14 ta medal qo'lga kiritdik
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 381

Bugun Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati nihoyasiga etdi. 10-17 noyabr kunlari tashkil etilgan bellashuvlarda qit'amizning 16 mamlakatidan tashrif buyurgan 180 nafarga yaqin bokschi yigit-qizlar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdi.
Musobaqa yakuniga ko'ra, 18 nafar bokschi bilan bahslarda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi 14 ta medalni qo'lga kiritdi.
Chempionat davomida terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'lishdi:
Oltin:
-75 kg: Suhrobjon Qayimov
-81 kg: Shohjahon Abdullaev
Kumush:
-56 kg: Xurshid Rasuljonov
-64 kg: Javlonbek Yo'ldoshev
-69 kg: Nurislom Ismoilov
-91 kg: Amirshox Samadov
-75 kg: Navbahor Hamidova
Bronza:
-52 kg: Mirzabek Mirzahalilov
-60 kg: Rahmatillo Toshpo'latov
-51 kg: Saydiniso Muhammadalieva
-54 kg: Nasiba Hayrullaeva
-60 kg: Ziyoda Yarasheva
-64 kg: Dilfuza Bekova
-69 kg: Xadichabonu Abdullaeva.
O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati (Ulan-Bator shahridan)

Bosh sahifaga
220