Hasanboy Do'smatov debyut jangida nokaut bilan g'alaba qozondi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 451

Professional boksning birinchi o'ta engil (-48,99 kg) vazn toifasida faoliyatini boshlagan Hasanboy Do'smatov (1-0, 1 KO) debyut jangida muddatidan oldin g'alaba qozondi.
Meksikada bo'lib o'tgan boks oqshomida Do'smatov mezbon bokschi Xesus Servantes Vilyanuevaga (9-8, 5 KO) qarshi ringga ko'tarildi. Olti raundga mo'ljallangan jang ikkinchi raundning 2:28 soniyasi ortda qolganida to'xtatildi. Do'smatov tomonidan raqibning jigar qismiga berilgan zarbadan so'ng u erga quladi va hakam bahsni to'xtatishga qaror qildi.
Shu tariqa Hasanboy Do'smatov professional boksdagi faoliyatini muddatidan oldin g'alaba bilan boshladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
289