Kuman: «Gollandiyaning Evroga chiqishi — ulkan natija»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 377

Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman Shimoliy Irlandiyaga qarshi bo'lib o'tgan saralash bahsidan keyin o'z fikrini bildirib o'tdi. Ushbu o'yindan keyin niderlandiyaliklar Evro-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
«Men baxtliman va jamoam bilan faxrlanaman. Uchrashuv biz kutgandek bo'ldi. Ular katta tezlikda o'yinni boshlashdi, lekin biz vaziyatga professional yondoshdik va kerakli ochkoni qo'lga kiritdik.
O'ylaymanki, Evro chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish — ulkan natija», — dedi Kuman UEFA matubot xizmatiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Gollandiya terma jamoasi oxirgi ikkita yirik musobaqa — Evro-2016 va ChM-2018ni o'tkazib yuborishgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
287