Evro-2020 saralash. Yana 4ta jamoa qit'a chempionatiga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1369

Evro-2020 saralash bosqichi doirasida 9-tur o'yinlari yakunlandi. Uchta guruhda kecha oqshom o'tkazilgan uchrashuvlardan so'ng Evropa chempionatiga yo'l olgan yana 4ta jamoaning nomi aniq bo'ldi.
"S" guruhida Shimoliy Irlandiya terma jamoasi oxiriga qadar kuchli raqiblar — Germaniya va Gollandiyaga raqobat qilishga harakat qildi. Irlandlar Evropa chempionatiga chiqishlari mumkin edi, agar ular kecha Gollandiyani mag'lub eta olishganida. Ammo mazkur uchrashuvda hisob ochilmadi.
Germaniya esa o'z uyida Belarus darvozasiga javobsiz 4ta to'p kiritishdi. Toni Kroos ushbu bahsda "dubl"ga erishdi.
Xorvatiya terma jamoasi o'z maydonida Slovakiyani mag'lub etib, o'z ochkolarini 17taga etkazib, "E" guruhidan Evro-2020ga yo'l oldi. Uels esa safarda Ozarboyjonni mag'lub etib, yo'llanma uchun kurashda yaxshi imkoniyat hosil qildi. Beyl jamoadoshlari so'nggi turda Kardiffda Vengriyani qabul qilishadi. Bu o'yinda Uelsni faqat va faqat g'alaba qanoatlantiradi.
"G" guruhida Polsha va Avstriya terma jamoalari mos ravishda Isroil va Makedoniya terma jamoalarini mag'lub etib, Evro-2020 yo'llanmasini naqd qilishdi.
"I" guruhida Belgiya va Rossiya terma jamoalari avvalroq Evropa chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lishgan edi. Bu jamoalar o'rtasida Sankt-Peterburgda bo'lib o'tgan o'yinda Eden Azar jamoadoshlari 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Qo'shnimiz — Qozog'iston terma jamoasi San-Marinoni mag'lub etib, o'z ochkolarini 10taga etkazib oldi.
Shu tariqa, Evro-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritgan 16ta terma jamoaning nomi aniq bo'ldi.
Evro-2020 saralash
"S" GURUHI
Shimoliy Irlandiya – Gollandiya 0:0 (0:0, 0:0)
Shimoliy Irlandiya – Pikok-Farrell, Lyuis (Tompson, 81), Ketkart, Evans, Sevill (Smit, 58), Evans (Makginn, 70), Devis, Makneyr, Dallas, Uayt, Madjennis.
Gollandiya – Sillessen, Veltman, de Ligt, Blind, van Deyk, Bergeys (de Yong, 65), de Yong, Promes, van de Bek, Babel (Ake, 90), de Ron (Propper, 36).
Germaniya – Belarus 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 41 Ginter, 2:0 – 49 Gorettska, 3:0 – 55 Kroos, 4:0 – 83 Kroos.
Germaniya – Noyer, Kimmix, Ginter, Klostermann, Shults, Gnabri (Valdshmidt, 84; Rudi, 90), Kroos, Gorettska, Gyundogan, Kox, Verner (Brandt, 68).
Belarus – Gutor, Polyakov, Matveychik, Martiinovich, Naumov, Kovalev (Skaviish, 78), Maevskiy, Nexaychik (Bessmertniiy, 84), Dragun, Stasevich, Laptev (Lisakovich, 68).
| 1 | Germaniya | 7 | 6 | 0 | 1 | 24-6 | 18 |
| 2 | Gollandiya | 7 | 5 | 1 | 1 | 19-7 | 16 |
| 3 | Shim. Irlandiya | 7 | 4 | 1 | 2 | 8-7 | 13 |
| 4 | Belarus | 8 | 1 | 1 | 6 | 4-16 | 4 |
| 5 | Estoniya | 7 | 0 | 1 | 6 | 2-21 | 1 |
"E" GURUHI
Ozarboyjon – Uels 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 10 Mur, 0:2 – 34 Uilson.
Ozarboyjon – Balaev, Guseynov, Mustafazade, Pashaev, Krivotsyuk (Xalilzade, 46), Rahimov, Garaev, Rishard, Abdullaev (Ramazanov, 64), Sheydaev, Nazarov (Guseynov, 82).
Uels – Xennessi, Ampadu (Volks, 87), Devis, Loker, Roberts, Djeyms (Matondo, 82), Uilson, Beyl (Remzi, 60), Morrell, Mifem, Mur.
Xorvatiya – Slovakiya 3:1 (0:1, 3:0)
Gollar: 0:1 – 32 Bojenik, 1:1 – 56 Vlashich, 2:1 – 60 Petkovich, 3:1 – 74 Perishich.
Xorvatiya – Livakovich, Chaleta-Tsar, Perich, Edvay, Barishich, Perishich (Orshich, 82), Brozovich, Modrich, Vlashich (Kovachich, 75), Petkovich, Rebich (Brekalo, 54).
Slovakiya – Dubravka, Vavro, Gantsko, Pekarik, Shkrinyar, Gamshik, Lobotka, Rusnak (Garaslin, 63), Kutska (Groshovski, 79), Mak, Bojenik (Dyurish, 72).
Chetlatish: Mak (66).
| 1 | Xorvatiya | 8 | 5 | 2 | 1 | 17-7 | 17 |
| 2 | Vengriya | 7 | 4 | 0 | 3 | 8-9 | 12 |
| 3 | Uels | 7 | 3 | 2 | 2 | 8-6 | 11 |
| 4 | Slovakiya | 7 | 3 | 1 | 3 | 11-11 | 10 |
| 5 | Ozarboyjon | 7 | 0 | 1 | 6 | 5-16 | 1 |
"G" GURUHI
Sloveniya – Latviya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 53, avtogol Tarasov.
Sloveniya – Oblak, Stoyanovich, Yokich, Mevlya, Struna, Krxin (Biyol, 74), Verbich (Bezyak, 90), Kurtich, Vuchkich (Zayts, 62), Ilichich, Shporar.
Latviya – Shteynbor, Oshs, Dubra, Maksimenko, Tarasov, Kamesh (Puntsuls, 88), Yurkovskis, Ikaunieks (Uldrikis, 72), Gutkovskiy (Layzans, 85), Fedorov, Savalnieks.
Isroil – Polsha 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 4 Kriixovyak, 0:2 – 54 Piontek, 1:2 – 88 Dabbur.
Isroil – Martsiano, Taa (Xaziza, 43), Dasa, Ben Xarush (Menaxem, 65), Tibi, Kayyal (Elmkis, 79), Biton, Natxo, Glazer, Zaxavi, Dabbur.
Polsha – Shchensnii, Kendzera, Bednarek, Glik, Retsa, Shimanski (Levandovski, 63), Kriixovyak (Furman, 84), Belik, Frankovski, Zelinski, Piontek (Klix, 70).
Avstriya – Shimoliy Makedoniya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 7 Alaba, 2:0 – 48 Layner, 2:1 – 90 Stoyanovski.
Avstriya – Shlager, Xinteregger, Dragovich, Layner, Alaba (Gregorich, 90), Laymer (Ilzanker, 90), Lazaro (Trimmel, 79), Zabittser, Baumgartlinger, Arnautovich, Ulmer.
Shimoliy Makedoniya – Dimitrievski, Ristevski, Velkoski, Ristovski, Toshevski (Avramovski, 62), Kostadinov, Mladenovski (Zaykov, 46), Spirovski, Bardi, Elmaz, Traykovski (Stoyanovski, 13).
| 1 | Polsha | 9 | 7 | 1 | 1 | 15-3 | 22 |
| 2 | Avstriya | 9 | 6 | 1 | 2 | 19-8 | 19 |
| 3 | Sloveniya | 9 | 4 | 2 | 3 | 14-8 | 14 |
| 4 | Isroil | 9 | 3 | 2 | 4 | 16-17 | 11 |
| 5 | Makedoniya | 9 | 3 | 2 | 4 | 11-13 | 11 |
| 6 | Latviya | 9 | 0 | 0 | 9 | 2-28 | 0 |
"I" GURUHI
Rossiya – Belgiya 1:4 (0:3, 1:1)
Gollar: 0:1 – 19 Azar, 0:2 – 33 Azar, 0:3 – 40 Azar, 0:4 – 72 Lukaku, 1:4 – 79 Djikiya. Rossiya – Gilerme, Djikiya, Semenov, Petrov, Jirkov (Bakaev, 50), Zobnin (Kuzyaev, 62), Ozdoev, Miranchuk, Ionov, Fernandes, Dzyuba (Komlichenko, 81).
Belgiya – Kurtua, Vermalen (Denayer, 67), Boyata, Alderveyreld, Kastan, Vittsel, de Bryuyne, Azar, Azar, Lukaku (Batshuayi, 77), Mertens (Tilemans, 52).
Kipr – Shotlandiya 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 12 Kristi, 1:1 – 47 Efrem, 1:2 – 53 Makginn.
Kipr – Pardo, Karo (Kastanos, 42), Kusulos, Merkis, Kosti, Efrem (Shpolyarich, 74), Kiryaku (Teodoru, 77), Papulis, Demetriu, Ioannu, Soteriu.
Shotlandiya – Marshall, Palmer, Gallaxer, Makkenna, Teylor, Makgregor, Djek, Forrest (Berk, 72), Makginn, Kristi (Devlin, 90), Neysmit (Makberni, 62).
San-Marino – Qozog'iston 1:3 (0:3, 1:0)
Gollar: 0:1 – 6 Zaynutdinov, 0:2 – 22 Suyumbaev, 0:3 – 26 Shetkin, 1:3 – 76 Berardi.
San-Marino – Benedettini, Grandoni (Chekkaroli, 80), Simonchini, Brolli, Palatstsi, Golinuchchi (Lunadei, 60), Battistini, Golinuchchi, Mularoni, Nanni (Xirsh, 64), Berardi.
Qozog'iston – Nepogodov, Maliiy, Marochkin, Shomko, Suyumbaev, Vorogovskiy (Miroshnichenko, 18), Tagiibergen (Fedin, 66), Islamxan, Kuat, Zaynutdinov, Shetkin (Aymbetov, 73).
| 1 | Belgiya | 9 | 9 | 0 | 0 | 34-2 | 27 |
| 2 | Rossiya | 9 | 7 | 0 | 2 | 28-8 | 21 |
| 3 | Shotlandiya | 9 | 4 | 0 | 5 | 13-18 | 12 |
| 4 | Kipr | 9 | 3 | 1 | 5 | 14-14 | 10 |
| 5 | Qozog'iston | 9 | 3 | 1 | 5 | 12-14 | 10 |
| 6 | San-Marino | 9 | 0 | 0 | 9 | 1-46 | 0 |

Bosh sahifaga
229