O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida o'rtoqlik o'yini tashkil etilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 620

O'zbekiston va Qozog'iston terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik o'yini o'tkazilishi mumkin. Bu haqda Vesti.kz veb-sayti xabar tarqatdi.
Qozog'istonlik jurnalist Aydin Qo'jahmetov tarqatgan xabarga ko'ra, ikki mamlakat futbol federatsiyalari bu borada muzokara olib borishmoqda. Uchrashuv mart oyi so'ngida Toshkentda o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Terma jamoamiz 31 mart kuni JCh-2022 saralash bosqichi doirasida Yamanga qarshi safarda bahs olib boradi. Qozog'istonga qarshi o'rtoqlik o'yini esa mazkur uchrashuvga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
Qozog'iston esa Evro-2020 saralash bosqichini yakunlamoqda. Evropada JCh-2022 saralash bosqichiga hali qur'a tashlanmadi. Saralash esa 2020 yilning mart oyida start oladi. Ko'p narsa Qozog'iston terma jamoasining qanday guruhdan olishi va jamoa 25-26 mart sanalarida rasmiy o'yin o'tkazmasligiga bog'liq.
Ma'lumot o'rnida. So'nggi marta O'zbekiston va Qozog'iston 2007 yilda Chimkentda o'tkazilgan "Alma TV" kubogi musobaqa doirasida to'qnash kelishgan edi (1:1).

Bosh sahifaga
227