Ayollar futboli. O'zPFL Kubogi: “Dinamo-W ” – “Andijanka” 0:0
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 836
Olmaliqda ayollar futboli bo'yicha O'zPFL Kubogining bosh sovrin uchun bahslari davom etmoqda. Bugun Samarqandning “Dinamo-W” jamoasi “Andijanka”ga qarshi bahs olib bordi va 0:0 hisobida durang o'ynadi. Shu tariqa, “Andijanka” jamoasi bir durang va bir mag'lubiyat bilan musobaqani tark etdi. Kubok sohibi esa ertaga bo'lib o'tadigan “Navbahor-W” hamda “Dinamo-W” jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilikdan so'ng aniqlanadi. Namanganliklarga durang natija ham kifoya qilsa, samarqandlik qizlarni faqatgina g'alaba g'olibga aylantiradi.
Ayollar futboli bo'yicha O'zPFL Liga kubogi
15 noyabr, juma
DINAMO-W– ANDIJANKA 0:0
Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 40
tomoshabin
Hakamlar: Xusnora Jumaeva, Roziyabonu Yusupova, Xayriniso Erkinova
Nazoratchi: Ro'zim Davletmuradov
Komissar: Oybek Yunusov
Ogohlantirishlar: Yo'q – Gulira'no Hasanova, 79, Omadoy Mingboeva, 88.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247