Xokkey. «Humo»dan uzoq kutilgan g'alaba
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 568
Toshkentning "Humo" jamoasi o'z maydonida Xitoyning "OERJI" klubini qabul qildi va 5:2 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritdi.
Semyon Valuyskiy, Igor Merejko, Mixail Anisin, Evgeniy Grigorenko hamda Artem Voroninlar tomonidan kiritilgan shaybalarga mehmonlar safida Robert Shi va Xuan Penlar javob qaytardi xolos.
Shu tariqa, Evgeniy Popixin shogirdlari o'zlarining 3 ta o'yinlik g'alabasiz seriyasiga barham berishdi. Ma'lumot uchun, toshkenliklar o'zlarining navbatdagi bahsini 17 noyabr kuni Xitoyning "KRS-BSU" jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Mazkur bellashuv poytaxtimizdagi "Humo-Arena" muz saroyida soat 17:00 da start oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243