«Dubai Cup-U23». Olimpiyachilarimiz Iordaniya bilan durang o'ynadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 317

Birlashgan Arab Amirliklarida «Dubai Cup-U23» xalqaro musobaqasida bugun 2-tur o'yinlari boshlandi. O'zbekiston olimpiyachilari bugun Iordaniyaga qarshi maydonga chiqdi.
Birinchi bo'lim tugashiga 5 daqiqa qolganida raqib himoyachilari jarima maydoni ichida Yaxshiboevni chalib yiqitishdi. Jasurning o'zi penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.
Ikkinchi bo'lim boshida esa iordaniyaliklarning hujumi samarali yakunlandi. Muhammad Isom Said tomonidan yo'llangan zarbani darvozabonimiz qaytara olmadi.
Uchrashuv oxiriga qadar hisob o'zgarmadi. Drulovich shogirdlari ikki kun avval Iroq bilan 3:3 hisobidagi durangga imzo chekishgan edi.
“Dubai Cup-U23”
15 noyabr | BAA Futbol Assotsiatsiyasi stadioni
O'zbekiston U23 – Iordaniya U23 - 1:1 (1:0)
Gollar: Jasur Yaxshiboev (40, pen.) — Muhammad Isom Said (53).
O'zbekiston U-23: 21.Mashhur Muhammadjonov, 2.Islom Qobilov, 3.Sharof Muhiddinov, 4.Abdulla Abdullaev, 5.Dilshod Saitov, 7.Oston O'runov, 9.Jasur Yaxshiboev, 11.Mirjahon Mirahmadov, 14.Abror Ismoilov, 24.Asad Sobirjonov, 31.Ibrohim Yo'ldoshev.
Zaxira: 1.Abduvohid Ne'matov, 12.Nizomiddin Ziyovutdinov, 6.Aziz G'aniev, 10.Bobur Abduxoliqov, 13.Sherzod Nasrullaev, 16.Aziz Amonov, 17.Islom Rashidxonov, 18.Husniddin Aliqulov, 19.Ilhom Alijonov, 20. Shahboz Jo'rabekov, 22.Doston Ibragimov, 23.Oybek Bozorov.

Bosh sahifaga
216