Ibrahimovich faoliyatini qaerda yakunlashi aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 414

"Los-Anjeles Gelaksi" bosh murabbiyi Gilermo Barros Skelotto jamoani tark etayotgan Zlatan Ibrahimovich faoliyatini qaerda yakunlashi mumkinligini aytib o'tdi.
"Zlatan hozir nima qilishni bilmayapti. U ajoyib futbolchi, lekin uning navbatdagi qadami qanday bo'lishini bilmayman.
Balki, u faoliyatini Neapol yoki Milanda yakunlashi mumkin. U qaysi jamoaga o'tishini bilmadim, ammo u faoliyatini Italiyada yakunlashga munosib", – dedi Skelotto "Radio Kiss Kiss" efiri paytida.
Eslatib o'tamiz, Ibrahimovich "Los-Anjeles Gelaksi" bilan kelishgan holda shartnomani bekor qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207