Chavandozlarimizning Ispaniyadagi muvaffaqiyati davom etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 299

Ispaniyaning Valensiya shahrida ot sportining konkur yo'nalishi bo'yicha navbatdagi xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi. Osiyo va Evropaning etakchi chavandozlari o'rtasida kechgan bahs vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Balandligi 140 sm bo'lgan to'siqlardandan o'tish bellashuvlarida Saidamirxon Turg'unboev eng yaxshi natijani qayd etdi va musobaqaning oltin medaliga sazovor bo'ldi. Shuningdek, 120 sm balandlikdagi to'siqlarda kechgan bahs ham biz uchun omadli keldi. Bu yo'nalishda tajribali A'zam Tolibboev g'alaba qozonib, madhiyamiz yana bir bor yangrashi sababchisiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, kuni kecha aynan ushbu shaharda o'tgan musobaqada vakillarimiz 1 tadan oltin va bronza medallariga sazovor bo'lishgan edi.a

Bosh sahifaga
167