Diego Kosta bir necha oyga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 398

"Atletiko" hujumchisi Diego Kosta kasallik tufayli uzoq vaqtga safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
31 yoshli futbolchining umurtqa pog'onalari orasida churra aniqlangan. Ushbu kasallikni davolash uchun operatsiya talab qilinadimi yoki yo'q, hozircha bunisi aniq emas. Lekin har qanday holatda ham u bir necha oy davomida o'z jamoasiga yordam bera olmaydi.
Kosta ushbu mavsumda "Atletiko" safida 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
167