Anri MLS klubi bosh murabbiyiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 418

«Monako» klubi sobiq bosh murabbiyi Terri Anri Kanadaning «Monreal Impakt» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
42 yoshli frantsiyalik mutaxassis MLS'da ishtirok etadigan bu jamoa bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Shartnomada kelishuv yana 1 yilga uzaytirilishi mumkinligi belgilab qo'yilgan.
Anrining so'nggi ish joyi «Monako» bo'lgan edi. U bu jamoani 2018 yilning oktyabr oyidan 2019 yilning yanvariga qadar boshqargan edi. «Monako» Anri qo'lostida 20ta o'yin o'tkazib, 4ta g'alaba, 5ta durang va 11ta mag'lubiyat qayd etdi.
«Monreal» esa MLS'ning yakunlangan mavsumida Sharqiy konferentsiyada 9-o'rinni egallab, pley-off bosqichi yo'llanmasini qo'lga kirita olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
184