Levandovski ketma-ket uchinchi marta «Bavariya»da oyning eng yaxshi o'yinchisiga aylandi. Bu klub rekordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 395

"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski muxlislar tomonidan klubning oktyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb tan olindi.
31 yoshli hujumchi 75,6% ovoz olib, Serj Gnabri (10%) va Manuel Noyerni (6%) ortda qoldirdi.
Levandovski ketma-ket uchinchi marta oyning eng yaxshi o'yinchisiga aylandi, bunga qadar "Bavariya"ning hech bir o'yinchisi bu natijaga erisha olmagan edi.
Oktyabr oyida Levandovski barcha turnirlarda 6 ta o'yin o'tkazdi va 7 ta gol urishga erishdi.
Barcha fikrlar: 1


Omadini bersiin leva
14 Noyabr 2019, 20:22
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187