Portugaliyada ayni damda nechta Krishtianu Ronaldu borligi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 644

"Bleacher Report" nashri Portugaliyada Krishtianudan keyin nechta Ronaldu tug'ilgani haqidagi ma'lumotni oshkor qildi.
Ta'kidlanishicha, "Yuventus" hujumchisidan keyin 29 ta farzandga Krishtianu Ronaldu ismi qo'yilgan. Ularning eng kattasi — Krishtianu Ronaldu Moreyra Souzash. U 2003 yilning fevralida, Ronaldu "Sporting" safida debyut qilganidan 2 oy o'tib tug'ilgan.
Yigitchaning otasi o'g'liga nega Krishtianu Ronaldu deb ism qo'yganini aytdi. U "Sporting" muxlisi emas, shunchaki 17 yoshli Ronalduning o'yinlari yoqib qolgan.
Qolgan Ronaldular 2004 yilda, Ronaldu 19 yoshida Portugaliya termasi etakchilaridan biriga aylanayotgan paytda tug'ilishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
167