Dunyoning eng qimmat top-10 futbolchilari ro'yxati bilan tanishing
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 921

Juma kuni "Transfermarkt" portali mutaxassislari Ispaniya chempionatining ba'zi futbolchilarining narxlarini yangiladi. Eng qimmat futbolchilar ro'yxatida birinchi o'rinni 200 million evroga baholangan Erling Xoland va Vinisius Junior bo'lishib turibdi.
Uchinchi o'rinda Jud Bellingem va Kilian Mbappe 180 million evroga baholangan.
Beshinchi o'rinni Lamin Yamal va Fil Foden bo'lishdi, ularning narxi 150 million evro. Top-7likni Bukayo Saka 140 million evro narx bilan yakunladi.
Sakkizinchi o'rinni 130 million evro bahosi bilan to'rt nafar futbolchi - Florian Virts, Jamol Musiala, Federiko Valverde va Rodri bo'lishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
183