Santush Ronalduning holati haqida ma'lumot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 489

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush hujumchi Krishtianu Ronalduning holati haqida ma'lumot berdi.
"U terma jamoa ixtiyorida bo'lib turibdi. Boisi, uning ahvoli yaxshi. Agar unda muammolar bo'lganida men uni chaqirmagan bo'lardim. Hammasi joyida va u o'ynashi mumkin.
Umuman olganda, biz bu erga Ronaldu haqida emas, Litvaga qarshi o'yin haqida gaplashish uchun yig'ildik. Biz Evro-2020ga chiqishimiz uchun ikkita o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak", - dedi Santush.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Ronaldu "Yuventus"ning ketma-ket 2ta o'yinida zaxiraga olingan edi. Mauritsio Sarri esa uni tizzasidagi muammo tufayli almashtirganini ta'kidlagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
165