«Tottenxem» Pochettino o'rnini egallashi mumkin bo'lgan 5 nomzodni aniqlab oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 430

«Tottenxem» yaqin vaqt ichida bosh murabbiy Maurisio Pochettinoni iste'foga chiqarishi mumkin.
The Telegraph tarqatgan xabarga ko'ra, argentinalik mutaxassisning o'rnini Joze Mourino yoki Massimiliano Allegri egallashi mumkin. Hozirda ushbu murabbiylar ishsiz yurishibdi.
Agar Pochettinoning iste'fosi mavsum yakunlanganidan keyin ro'y bersa, bo'sh qolgan o'ringa Eddi Xau («Bornmut»), Yuliana Nagelsmann («Leyptsig») va Garet Sautgeyt (Angliya terma jamoasi)dan biri olib kelinishi mumkin.
Pochettino 2014 yildan beri «Tottenxem»ni boshqarib kelmoqda. Londonliklar APLning 12-turidan keyin 14 ochko bilan jadvalda 14-o'rinni egallab turishibdi. Murabbiyning "shporlar" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.

Bosh sahifaga
210