Kuman: «Barselona»ni boshqarishim mumkin»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 507

Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman kelajakda «Barselona» ustoziga aylanishi mumkinligini ta'kidladi.
«Barselona» murabbiyiga aylanishim mumkin, lekin Evropa chempionati yakunlanmaguncha bu haqda o'ylamayman», – dedi Kuman.
56 yoshli murabbiy Evro-2020dan so'ng «Barselona»ga ko'chib o'tishi mumkin. Uning Gollandiya terma jamoasi bilan tuzilgan shartnomasida shunday band mavjud.
Kuman 1989—1995 yillarda "ko'k-anorranglilar" safida o'ynagan. Shuningdek, u 1998—2000 yillarda jamoa murabbiylar shtabida ishlagan. Kuman "Barselona" safida 10ta sovrinni, jumladan, Evropa chempionlar ligasida g'olib chiqqan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
153