Aleksis Sanches yana jarohat oldimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27912
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi futbolchisi Aleksis Sanches Angliya kubogidan o'rin olgan “Reding”ga qarshi bahsni boshlang'ich tarkibda boshladi.
Chililik futbolchi 45-daqiqada jamoadoshi Romelu Lukakuning goliga assistentlik qildi. Ammo ikkinchi bo'lim boshida futbolchi jamoa bosh murabbiyidan uni zaxiraga olishini so'ragan. Uning o'rniga Markus Peshford tushirildi.
Ma'lumotlarga qaraganda, Sanchesni eski jarohati bezovta qilgan.
Eslatib o'tamiz, Sanches joriy mavsum “MYu” safida 14 ta o'yinda 1 ta gol urgan va 4 golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!