AFC U19 saralash. O'zbekiston Saudiya bilan durang o'ynadi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 732

Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichining "F" guruhi o'yinlari yakunlandi. So'nggi turda o'zbekistonlik yoshlar mezbonlarga qarshi maydonga chiqishdi.
Birinchi bo'lim davomida ustunlik Otabek G'ulomxo'jaev shogirdlari tomonida bo'ldi. Ular kamida 3ta golga tortadigan vaziyatdan foydalana olishmadi. Taymga qo'shib berilgan daqiqalarda esa saudiyaliklar burchak zarbasini amalga oshirishdi. Hakam esa qoidabuzarlik tufayli darvozamizga penalti belgilab, himoyachimizni maydondan chetlatdi.
O'yin tugashiga 2 daqiqa qolganidan esa Jaloliddin o'ng qanotdan bir himoyachidan qochib ketib, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. Dastlabki zarbani darvozabon qaytargan bo'lsa, takroriy zarba bilan "Bunyodkor" futbolchisi darvozani ishg'ol qildi.
Ushbu durang tufayli O'zbekiston U-19 terma jamoasi 7 ochko to'plagan holda "F" guruhida to'plar nisbatiga ko'ra ikkinchi o'rinni egalladi. Bu natija orqali O'zbekiston termasi guruhlarda ikkinchi o'rinni egallaganlar jadvalida 4-o'rinni band etdi.
Ma'lumot o'rnida. O'zbekiston yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati mezboni sifatida qit'a birinchiligi yo'llanmasini ertaroq qo'lga kiritib bo'lgan edi. Jamoamiz o'z guruhida yo'llanma taqdim etuvchi o'rinni egallagani bois, saralash guruhlarida 2-o'rinni egallagan beshinchi jamoaga ham yo'llanma taqdim etiladi.
U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralashi, "F" guruhi, 3-tur
Saudiya Arabistoni – O'zbekiston 1:1
Gollar: Basil Yussuf as-Sayyali (45+3-penalti) - Jasurbek Jaloliddinov (88).
O'zbekiston U-19: Abduvohid Ne'matov, Saidazamat Mirsaidov, Xurshidbek Ubaydullaev, Ibrohimhalil Yuldoshev, Odilbek Abdumajidov, Jasurbek Jaloliddinov, Diyor Ramazonov (Sunnatilloh Hamidjonov), Diyorbek Rahimqulov, Ruslan Roziev (Muzaffar Olimjonov), Xojimat Erkinov, Ulug'bek Hoshimov.


Bosh sahifaga
247