Davron Fayziev Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin haqida: «Yutishimiz kerak, ishonch bor, Xudo xoxlasa!»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 847
O'zbekiston Futbol Assosatsiyasi matbuot va media departamenti direktori Davron Fayziev Qirg'izistonga qarshi o'yindan keyin quyidagi fikrlarni telegram kanalida yozib qoldirdi.
“Bugungi o'yin xaqida qisqacha. 70% ga eksperemental tarkib. Saudiya Arabistoni bilan shunga o'xshash tarkib o'ynaydimi? Yo'q. Odil Ahmedov himoyada tushadimi yana? Bo'lishi mumkin, aniq emas. Yangilar ishonchni oqladimi? Ha, qisman. Har biri alohida o'yin o'tkazgandek, o'zaro tushunish masalasi hali muammo. Bog'lamlar ishlab ketsa ochilib ketadi yana o'yinimiz. Saudiya bizning Qirg'iziston bilan bahsimizda savollarga javob topmoqchi edi, Karlenovich yana chalg'itib qo'ydi. Foydali o'yin. Yaxshi impuls g'alabadan. Bo'ldi. 4 kundan keyin guruhimiz grandlari dueli, super to'qnashuv. Yutishimiz kerak, ishonch bor, Xudo xoxlasa!”, -deb yozadi Davron Fayziev.

Bosh sahifaga
231