Mbappe "Alaves"ga qarshi o'yinda jaroxat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya chempionatining 7-turi doirasida “Alaves”ga qarshi o'yinda (3:2) mikrojaroxat oldi, deya xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano.
25 yoshli frantsiyalik futbolchi 1 ta gol urdi va 80 daqiqani maydonda o'tkazdi, shundan so'ng uning o'rnini Arda Gyuler egalladi. Hujumchining son mushagida noqulaylik bor, yaqin ikki kun ichida futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Jamoa safida 9ta o'yinda maydonga tushgan hujumchi 7ta gol urdi va 1ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
490