"Dinamo" rahbariyati va'dasida turmay, Kojoni "Istiqlol"ga qo'yib yubormadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29

Eronning "Istiqlol" klubi Samarqandning "Dinamo" klubidan Kojo Joelni sotib olishga harakat qildi, biroq "sherlar" rahbariyati transfer uchun katta mablag' so'ragani uchun kelishuv amalga oshmadi. Bu haqda telegramdagi Kyrgyz Football telegram-kanali xabar berdi.
Kojoning o'zi Jaloliddin Masharipov to'p tepayotgan klub bilan 2 yillik shartnoma borasida kelishib olgandi. U transfer amalga oshmaganidan juda xafa bo'lgan, chunki klub rahbariyati uni yaxshi taklif bo'lsa, qo'yib yuborishga va'da bergandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225