«Arsenal»ga yangi sardor tayinlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 528

"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri hujumchi Per-Emerik Obameyangni jamoaning yangi sardori etib tayinladi. Bu haqda Metro xabar tarqatdi.
Eslatib o'tamiz, Granit Jaka "kanonirlar" muxlislar bilan yuzaga kelgan mojaro tufayli sardorlik bog'ichidan mahrum etilgan edi.
"Keyingi navbatda — Obameyang. Undan keyin Belerin, Lyakazett va O'zil turadi.
Obameyang tajribali futbolchi va o'yinchilar orasida obro'ga ega. O'tgan mavsumda u APLning eng yaxshi to'purari bo'ldi. Bilaman, mas'uliyatni o'ziga olishi uchun unga vaqt kerak. Biz uni qo'llab-quvvatlaymiz", - dedi Emeri.
"Arsenal" 17 ochko bilan APL jadvalida 5-o'rinni egallab turishibdi. Londonliklar bugun safarda "Lester"ga qarshi maydonga chiqadilar.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219