Evropa ligasi. Pley-offga chiqqan 5ta jamoa aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 460

Evropa ligasi guruh bosqichining 4-turidan keyin pley-offga chiqqan jamoalar aniq bo'la boshladi. Beshta jamoa muddatidan avval 1/16 final bosqichiga chiqdi.
"A" guruhida "Sevilya" klubi barcha o'yinlarda g'alaba qozonib, yo'qotishsiz borayotgan yagona jamoa bo'lib turibdi. Andalusiyaliklar guruhda 1-o'rinni ham naqd qilishdi. Shuningdek, Ispaniyaning "Espanol" klubi ham "N" guruhidan pley-off yo'llanmasini hal qilib bo'ldi.
"S" guruhida Shveytsariyaning "Bazel" klubi 4ta turdan keyin 10 ochko bilan 1/16 final yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'ldi. Shotlandiyaning "Seltik" klubi ham o'z muxlislarni quvontirdi. Jamoa "Latsio"ga qarshi safarda bo'lib o'tgan dramatik o'yinda g'alaba qozonib, pley-offga chiqdi.
"Manchester Yunayted" ham navbatdagi bosqich masalasini muddatidan avval hal qildi. Sulsher shogirdlari 4-turda "Partizan"ni ortiqcha qiyinchiliksiz engdi.

Bosh sahifaga
240