Ronaldu qallig'i bilan tortishib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 927

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va uning qallig'i Jorjina Rodriges o'rtasida tortishuv yuzaga keldi. Ushbu voqea MTV Europe Music Awards musiqiy sovrinni topshirish marosimida ro'y berdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, Rodriges futbolchini portugaliyalik aktrisa Rita Pereyradan rashk qilgan. Bu ayol sahna ortida Krishtianuni iliq qarshi olgan. Bu holat esa Jorjinani g'azablantirgan. Mish-mishlarga qaraganda, avval Ronaldu va Pereyra o'rtasida ishqiy munosabatlar bo'lgan.
Futbolchi va uning o'rtasidagi tortishuvga guvoh bo'lganlarning aytishicha, vaziyat ancha jiddiy tus olgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
326