Ahmed Tillaev U-19 Osiyo Chempionati saralash bahslarida komissar sifatida ishlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 351

Bugundan qit'amizning bir qator shaharlarida kelasi yili O'zbekistonda bo'lib o'tadigan U-19 Osiyo Chempionati saralash bahslari start oladi.
Jumladan, Indoneziyada “K” guruhi uchrashuvlari o'tkaziladi. Mazkur guruhda Indoneziya, KXDR, Gonkong hamda Sharqiy Timor terma jamoalari qit'a chempionati final bosqichiga chiqish uchun o'zaro bahs olib borishadi.
Qayd etish joiz, Indoneziya mezbonlik qilayotgan U-19 Osiyo Chempionati saralashining “K” guruhi o'yinlarida hamyurtimiz Ahmed Tillaev komissar sifatida faoliyat olib boradi.
Bugun bo'lib o'tadigan KXDR – Gonkong uchrashuvi hamyurtimiz uchun xalqaro maydonda komissar sifatidagi ilk uchrashuv bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
314