EChL. «Borussiya»ning 5ta golidan 4tasi muallifi — Hakimiy
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 378

«Borussiya» klubi o'ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimiy Evropa chempionlar ligasining 4-turi doirasida «Inter»ga qarshi o'yinda (3:2) ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Marokashlik futbolchi 2-turda bo'lib o'tgan "Slaviya"ga qarshi o'yinda ham "dubl"ga erishgan edi. Shu tariqa, Hakimiy himoyachi bo'lishiga qaramay, EChL guruh bosqichida jamoasi tomonidan urilgan 5ta golning 4tasiga mualliflik qildi.
Musobaqa guruh bosqichida «Zaltsburg» hujumchisi Erling Xoland (7 gol) va «Bavariya» forvardi Robert Levandovski (5) 21 yoshli Ashrafga nisbatan ko'proq gol urishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221