Jaka «Arsenal» sardorligidan mahrum etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 557

«Arsenal» yarim himoyachisi Granit Jaka o'z jamoasining sardorlik vazifasidan ozod etildi.
«Kanonirlar» bosh murabbiyi Unai Emeri shunday qarorga keldi. Ispaniyalik mutaxassis bu haqda Evropa ligasi 4-turi doirasida bo'ladigan «Vitoriya»ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Angliya premer-ligasining 10-turidan o'rin olgan «Kristal Pelas»ga qarshi uchrashuvning (2:2) 61-daqiqasida Jaka zaxiraga olindi. «Arsenal» sardori maydonni tark etar ekan, muxlislar unga nisbatan hushtakbozlik qilib, maydonni tezroq tark etishni so'rashdi. Bunga javoban Jaka o'z jamoasi ishqibozlariga qarata qo'lini qulog'iga tutib, ularga nisbatan provokatsiya qildi va muxlislarni so'kdi. Shundan so'ng u Emeriga qo'l bermadi va futbolkasini echgancha, kiyinish xonasiga yo'l oldi.
Ushbu qilig'i uchun Jaka "Arsenal" sardorligidan mahrum qilindi.

Bosh sahifaga
231