Neymar «PSJ» mashg'ulotlariga kirishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 398

"PSJ" hujumchisi Neymar belidan olgan jarohatidan forig' bo'lib, jamoa mashg'ulotlariga kirishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Braziliyalik futbolchi bugun bo'lib o'tadigan "Bryugge"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi. Katta ehtimol bilan u FIFA kunlari tufayli yuzaga keladigan tanaffusdan keyin parijliklarga yordam beradi.
Eslatib o'tamiz, Neymar Braziliya terma jamoasi safida Nigeriyaga qarshi o'yinda jarohat olgan edi. Shu sababli u 3 hafta davomida maydonga tusha olmadi.
Futbolchi ushbu mavsumda 5ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237