Modrich 5000 evroga «chumoli» sotib oldi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 782

«Real» yarim himoyachisi Luka Modrich chumolining bronzadan ishlangan haykalini sotib oldi. Xorvatiyalik futbolchi 60 santimetr uzunlikdagi "chumoli"ni 5000 evroga sotib olgandi.
Avvalroq "Qirollik klubi" sardori Serxio Ramos ham fevral oyida shunday haykalni xarid qilgan edi. Shundan keyin u turmush o'rtog'i Pilar Rubio va farzandlariga bir nechta haykalchalarni sotib olib berdi.
Bronzadan ishlangan chumoli londonlik rassom Ishiwüt ijodi bo'lib, bir kun kelib u haykalchalarni sotib olgan barchani bir joyga to'plashni maqsad qilgan.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
172