Shomurodov Rossiya premer-ligasining birinchi davrasi ramziy jamoasiga kiritildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 332

WhoScored nashri Rossiya chempionatining birinchi davrasi ramziy terma jamoasini e'lon qildi.
"Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov ushbu jamoaga kiritildi. Uning hujumdagi sherigi sifatida "Zenit" forvardi Artyom Dzyuba tanlandi.
Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik futbolchi birinchi davrada 15ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
RPL birinchi davrasi ramziy terma jamoasi (4-4-2):
Darvozabon: Soslan Janaev ("Sochi");
Himoyachilar: Vladislav Ignatev ("Lokomotiv"), Samyuel Jigo ("Spartak"), Dmitriy Chistyakov ("Rostov"), Duglas Santos ("Zenit");
Yarim himoyachilar: Nikola Vlashich (TsSKA), Vanderson ("Krasnodar"), Magomed Ozdoev ("Zenit"), Zelimxan Bakaev ("Spartak");
Hujumchilar: Artyom Dzyuba ("Zenit"), Eldor Shomurodov ("Rostov").

Bosh sahifaga
175