«Bavariya»ni boshqarishi mumkin bo'lgan 4 da'vogar paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 407

«Bavariya» klubi bosh murabbiy lavozimini egallashi mumkin bo'lgan mutaxassislarning qisqa ro'yxatini tuzdi.
The Guardian tarqatgan xabarga ko'ra, nomzodlar safiga hozirgi kunda ishsiz yurgan Massimiliano Allegri va Arsen Venger, «Red Bull» kompaniyasi sport bo'limi boshlig'i Ralf Rangnik va «Ayaks» ustozi Erik ten Xag kiritildi.
Bundan tashqari, Joze Mourino varianti ham ko'rib chiqildi, ammo klub prezidenti Uli Xeness bu g'oyaga qarshi chiqdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
172