O'zbekiston – Qirg'iziston o'yini namoyish etilmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 741
Bilasiz, O'zbekiston milliy jamoasi noyabr oyida JCh-2022 saralash bosqichida Saudiya Arabistoni va Falastin jamoalariga qarshi maydonga chiqadi. Ana shu o'yinlarga tayyorgarlik olib borayotgan Vadim Abramov jamoasi 9 noyabr kuni Qirg'iziston milliy jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishidan xabardorsiz. Bu o'yin Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tishi rejalangan.
Biroq, o'yin TV orqali translyatsiya qilinmaydi, deya insayd bilan o'rtoqlashdi manbamiz.
"Bu Vadim Abramov istagi. U Saudiya Arabistoni vakillari jamoamizni o'rganib olishini istamayapti. O'rtoqlik o'yinida uning o'z o'ylanmalari bordirki, shunday qarorga kelgan. Marhamat, stadionga boringlar, muxlislar", deydi manba.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
288