17 yoshli Luqmon Hakim maydon markazidan gol urdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 360

Malayziya yoshlar (U19) terma jamoasi futbolchisi Luqmon Hakim Shamsudin Osiyo chempionati saralash bosqichi doirasida bo'lib o'tgan Kambodjaga qarshi o'yinda (5:4) ajoyib gol urdi.
Luqmon maydon markazida aylana ichidan zarba berib, darvozani ishg'ol qildi. Qiziq tomoni, kambojaliklar posboni bu paytda darvoza chizig'ida turganiga qaramay, to'pni o'tkazib yubordi.
17 yoshli Shamsudin Belgiyaning "Kortreyku" klubi a'zosi hisoblanadi. U jamoa bilan 5 yillik shartnoma imzolagan, ammo u 2020 yilning mart oyidan kuchga kiradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
183