Niko Kovach: «Mening iste'fom haqida qaror — «Bavariya» uchun to'g'ri»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 333

«Bavariya» bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan Niko Kovach o'zining iste'fosiga izoh berdi.
«O'ylashimcha, bu qaror ayni paytda klub uchun to'g'ri hisoblanadi. So'nggi vaqtlarda biz qayd natijalar va namoyish etgan o'yin meni jamoani tark etishga majbur qildi.
Bir yarim yillik faoliyat uchun akam Robert bilan birgalikda «Bavariya»ga minnatdorchilik bildiraman. Bu vaqt davomida Germaniya chempionati, kubogi va superkubogini yutib oldik. Yaxshi vaqtlar bo'ldi. Klubga eng yaxshi tilaklarni tilayman», – dedi Kovach.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
188