«Everton» - «Tottenxem». Andre Gomeshning oyog'i sindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 480

Angliya chempionatining 11-turi doirasida «Everton» o'z maydonida «Tottenxem» bilan o'yinda durang qayd etdi.
Uchrashuvning 79-daqiqasida londonliklar hujumchisi Son Xeung Min mezbonlar yarim himoyachisi Andre Gomeshga qarshi qoidabuzarlik sodir etdi. To'qnashuv natijasida portugaliyalik futbolchining oyog'i to'piq qismidan sinib ketdi.
Buni ko'rgan koreyalik futbolchi yig'lab yubordi. Hakam esa Son Xeung Minga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195