La liga. «Real Sosedad» «Granada»ni mag'lub etib, 3-o'ringa ko'tarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 386

Ispaniya chempionatining 12-turida jadvalning yuqori qismida borayotgan «Granada» va «Real Sosedad» jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi.
Uchrashuvning 21-daqiqasida Portu san-sebastyanliklarni hisobda olib chiqqan bo'lsa, oradan 15 daqiqa o'tib Vadilo muvozanatni tikladi.
Uchrashuvning asosiy vaqti tugashiga 1 daqiqa qolganida yana o'sha Portu "Sosedad"ga g'alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
Ushbu g'alabadan keyin «Real Sosedad» o'z ochkolarini 22taga etkazib, peshqadamlar — "Barselona" va "Real" bilan tenglashib oldi. "Granada" esa 6-o'ringa tushib qoldi.
Ispaniya La ligasi, 12-tur
Granada – Real Sosedad 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 21 Portu, 1:1 – 36 Vadilo, 1:2 – 89 Portu.
Granada – Ruy Silva, Dias, Duarte, Xerman Sanches, Neva, Eteki (Viko, 70), Errera, Puertas (Machis, 59), Aziz, Vadilo (Kini, 84), Fernandes.
Real Sosedad – Remiro, Saldua, Le Norman, Lorente, Monreal, Subeldiya, Portu (Gevara, 90), Sangali (Yanuzay, 84), Merino, Oyarsabal, Villian Joze (Isak, 66).
Ogohlantirishlar: Le Norman (33), Villian Joze (35).

Bosh sahifaga
296