Luis Suares bir nechta o'yinga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 486

"Barselona" hujumchisi Luis Suares «Levante»ga qarshi o'yinda 40 daqiqa harakat qilib, o'ng oyog'idan olgan jarohat tufayli maydonni tark etdi.
Urugvaylik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi. Uning o'ng oyog'i mushagi jarohatlangani ma'lum bo'ldi. Xuddi shunday jarohat tufayli Suares mavsum boshida bir nechta o'yinda maydonga tusha olmagan edi.
Futbolchining qancha muddatga safdan chiqqani hozircha ma'lum emas, ammo u katta ehtimol bilan «Slaviya» va «Selta»ga qarshi o'yinda maydonga tusha olmasa kerak. Shuningdek, u FIFA kunlari doirasida Urugvay terma jamoasiga ham yordam bera olmaydi.
Luis Suares ushbu mavsumda «Barselona» safida 9ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201