Bundesliga. «Bavariya» 10 yillik antirekordni takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 343

Bundesliganing 10-turidan o'rin olgan bahsda “Ayntraxt” “Bavariya”ni 5:1 hisobida mag'lub etdi.
Gracenote Sports nashrining yozishicha, myunxenliklar Bundesligadi so'nggi 10 yillikda ilk bor o'z darvozalaridan 5ta to'p olib chiqishdi. So'nggi bor “Bavariya” 2009 yil “Volfsburg”ga 1:5 hisobida engilgan edi.
Qolaversa, “Bavariya” 2012 yildan buyon barcha musobaqalarni hisobga olganda ilk marta 5ta gol o'tkazib yubordi. O'shanda jamoa Kubok finalida “Borussiya Dortmund”ga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280