Ronalduning onasi: «Futbol mafiyasi Ronalduning boshqa «Oltin to'p» yutishini xohlamaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 539

“Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Doloresh Aveyru “futbol mafiyasi” o'g'lining yana “Oltin to'p” yutishiga halaqit berayotganini aytdi.
“Mafiya bor. Bu haqiqat. Ha, futbolda mafiya bor. Agar hammasiga e'tibor bilan nazar solsangiz, bularning bariga mafiyaning aloqasi borligini tushunib etasiz. Agar, Ronaldu ingliz yoki ispan bo'lganida, u bilan bunday yo'l tutishmagan bo'lardi. Biroq u portugaliyalikligi uchun shunday bo'lmoqda.
U “Oltin to'p”ni oladimi yoki yo'q bilmayman, biroq ishonaman. O'ylaymanki, u bunga munosib”, - deydi futbolchining onasi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233