Liga-1. «PSJ» autsayderga yutqazdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 615

Frantsiya chempionatining 12-turi doirasida "Dijon" maydoniga safar uyushtirib, imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Uchrashuvning 19-daqiqasida Di Mariyaning uzatmasidan keyin Mbappe darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va darvozani ishg'ol qildi. Birinchi bo'limga qo'shib berilgan 6 daqiqada esa maydon egalari hisobni tenglashtirishdi. Yon tomondan etkazib berilgan uzatmani Navas qaytardi. Shuyar esa qaytgan to'pni darvozaga yo'lladi.
Ikkinchi taym debyutida "Dijon" ikkinchi golni urishga muvaffaq bo'ldi. Kadis 3 himoyachini aldab, jarima maydoniga kirib bordi va darvozabonning oyoqlari orasidan to'pni darvozaga joylab qo'ydi.
Qolgan daqiqalarda parijliklar ko'plab xavfli vaziyatlar yaratishdi. Ikardining o'zi 3 marta raqib darvozasini ishg'ol qilishi mumkin edi, uning bitta zarbasi to'singa tekkan bo'lsa, ikkita zarbaga aniqlik etishmadi. Shuningdek, Paradis bergan zarbadan keyin to'p ustunga tegdi. Di Mariya ham qulay vaziyatni ko'kka sovurdi.
Bu "PSJ" uchun mavsumdagi uchinchi mag'lub bo'ldi. Shunga qaramay, Tuxel jamoasi 27 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi. "Dijon" ushbu o'z ochkolarini 12taga etkazib, so'nggi o'rinni tark etdi.
Frantsiya chempionati, 12-tur
"Dijon" - PSJ 2:1
Gollar: Mbappe, 19 - 0:1, Shuyar, 45+6 - 1:1, Kadis, 47 - 2:1
"Dijon": Gomis, Kulibali (Amalfitano, 29), Shafik (Mendil, 33), Manga, Lotoa, Balde (Mavididi, 54), Ndong, Shuyar, Muzinga, Tavaresh, Kadis.
PSJ: Navas, Bernat (Kurzava, 64), Kimpembe, Dagba, Markinos, Paredes (Kavani, 72), Guye, Di Mariya, Diallo (Draksler, 81), Mbappe, Ikardi.
Ogohlantirishlar: Ndong (12), Kadis (14), Kimpembe (15), Mendil (58).

Bosh sahifaga
369