Mauritsio Sarri: «Menga VAR yoqmaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 435
43
«Yuventus» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri videoyordamchi hakam tizimi (VAR) haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«VAR haqida to'xtaladigan bo'lsam, men o'yinni faqat maydondagi hakamlar boshqarishini istayman. Bu mening o'ta shaxsiy fikrim, bu haqda ko'p o'yladim.
Agar mendan bu tizim yoqadimi yoki yo'qmi, edb so'rasangiz, men yo'q deyman. Qoidalar shunday, ammo barchasini umumlashtirib bo'lmaydi, jumladan, to'pni qo'l bilan o'ynash qoidabuzarligini: bizga yangi qoidalarni tushuntirib bergan bo'lsalar-da, men hech narsaga tushunmadim.
Lekin moslashishimiz kerak. Menga VAR yoqmaydi, yaqqol xatolarni to'g'rilash uchun bu tizimni o'ylab topishgan. Italiya bilan taqqoslaganda, Evropada bu tizimdan ancha cheklangan holatda foydalanishmoqda. Xorijda VARdan boshqacha foydalanishmoqda», – dedi Sarri.

Bosh sahifaga
238