Para-taekvondochilarimiz Italiyadagi musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 428

Italiyaning Bolonya shahrida para-taekvondo bo'yicha Evropa ochiq chempionati bo'lib o'tdi. Mazkur musobaqada dunyoning 50 ga yaqin mamlakatidan 200 dan ortiq para-taekvondochilar ishtirok etdi. E'tiborlisi, kelasi yili Tokio Paralimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etadigan ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham muvaffaqiyatli qatnashdilar.
Musobaqada Guljanoy Naimova (+58 kg), Sanjar Muxtorov (-61 kg) va Farhod Mamaziyaev (-75 kg) finalgacha etib bordi va kumush medal bilan taqdirlanishdi. Naimova ushbu muvaffaqiyat bilan Olimpiada reytingida 2 pog'ona yuqorilab oldi va ayni paytda 3-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258