Ibrahimovich faoliyatini Avstraliyada davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 307

“Los-Anjeles Gelaksi” hujumchisi Zlatan Ibrahimovich faoliyatini Avstraliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqida Le Figaro nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, shvetsiyalik futbolchi xizmatiga “Pert Glori” klubi qiziqish bildirmoqda. Jamoa futbolchining agenti Mino Rayola bilan aloqaga chiqqan.
Eslatib o'tamiz, 38 yoshli futbolchining “Gelaksi” bilan shartnomasi dekabrda yakuniga etadi va u erkin agentga aylanadi. Shuningdek, Ibrahimovichni “Napoli”, “Inter” va “Flamengo” jamoalari qo'shib qolmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
240