Ro'ziqul Berdiev: «Birinchi davradagi «Navbahor» hozirgisidan kuchli edi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 225
“Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev “Navbahor”ga qarshi yo'indan so'ng quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.
- O'yin yuqori saviyada o'tdi. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashlari ostida bahs keskin kurashlarga boy hamda shiddatli tarzda kechdi. Birinchi bo'limda shogirdlarim mezbonlarga qaraganda, ko'proq xavfli vaziyatlarni yaratishdi. Ammo “Navbahor” darvozaboni O'tkir Yusupov 3 marta jamoasini muqarrar goldan asrab qoldi.
O'z darvozamizdan to'p o'tkazib yuborganimizdan keyin ham yigitlar oxirigacha kurashishdi va yakunda durangga erishishga muvaffaq bo'ldik.
Albatta yutqazib turib, durangga erishish ham “Nasaf” kabi yosh jamoa ijobiy natija.
Birinchi davradagi “Navbahor” hozirgisidan kuchli edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!