Anchelotti diskvalifikatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 253
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Italiya chempionatining bitta o'yiniga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda A seriya tartib-intizom qo'mitasi qaror chiqardi.
"Atalanta"ga qarshi o'yinning (2:2) so'nggi daqiqalarida neapolliklar foydasiga penalti belgilanmagani Anchelottiga yoqmadi. O'sha pallada italiyalik mutaxassis texnik hududni tark etib, bosh hakam Pero Jakomeli tomon baqira boshladi. Referi ushbu voqeani o'z hisobotida aks ettirdi.
Shu tariqa, Karlo Anchelotti "Roma"ga qarshi bo'lib o'tadigan A seriyaning navbatdagi tur bahsida jamoani zaxira o'rindig'idan boshqara olmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!