Verratti PSJ bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 363
Yarim himoyachi Marko Verratti yaqin orada PSJ bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin, deb xabar beradi RMC Sport nashri.
Italiyalik yarim himoyachi parijliklar bilan 2024-yilning iyunigacha yangi shartnoma borasida kelishib oldi va tez orada uni rasmiylashtirishi kerak.
Ma'lumot o'rnida, Verratti PSJga 2012-yilda "Peskara"dan 12 mln evro evaziga kelib qo'shilgandi. Ushbu mavsumda 26 yoshli futbolchi parijliklar safida 13 ta uchrashuv o'tkazib, 2 ta gollik uzatma bergan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!